Implant Center Toshkent

Tish implantatsiyasi · Dr Sherzod

Yoʻqotilgan tishingiz oʻrniga 30–40 yil xizmat qiladigan implant

Konsultatsiyada suyagingiz 3D rentgenda oʻlchanadi, qattiqlik turi aniqlanadi va sizga toʻgʻri keladigan implant tanlanadi. Chiqishda qoʻlingizda — yozma davolash rejasi, aniq muddat va aniq narx.

Implantatsiya qilishga qaror qilsangiz, toʻlagan 100 000 soʻmingiz umumiy summadan ayiriladi.

BOʻSHLIQ AnyRidge ⌀4.0 × 10 mm suyak balandligi 11.4 mm chaynov bosimi 265 kg gacha
3D KLKT · qatlamli oʻlchov Sxematik tasvir
300+bemor oxirgi bir yilda
1 000ga yaqin oʻrnatilgan implant
5 yilbajarilgan ish kafolati
4 turimplant tizimi — suyagingizga qarab

Nega kutish qimmat

Boʻsh joy oʻz-oʻzidan turmaydi. U qolgan tishlaringizni tortadi.

Tish olingandan keyin oʻsha joy shunchaki “boʻsh” boʻlib qolmaydi. Jag‘ ichida bir nechta jarayon bir vaqtda boshlanadi va ularning har biri keyingi davolashni qiyinlashtiradi hamda qimmatlashtiradi.

01

Qoʻshni tishlar qiyshaya boshlaydi

Boʻshliq tomonga qoʻshni va antagonist tishlar siljiydi — bu Popov–Godon fenomeni. Vaqtida toʻxtatilmasa prikus va chaynov jarayoni oʻzgaradi, keyinchalik faqat implant emas, ortodontik tuzatish ham kerak boʻladi.

02

Suyak yoʻqoladi — implant uchun joy qolmaydi

Olib qoʻyiladigan protezda chaynov bosimi suyakning ichidan emas, tashqarisidan uzatiladi. Natijada milk va suyak ham gorizontal, ham vertikal kichrayadi. 6 oydan 2 yilgacha protez liqillab qoladi va yangisini yasashga toʻgʻri keladi.

03

Koʻprik bitta tish oʻrniga ikkitasini oladi

Koʻprikda ikki yondagi sogʻlom tishlar charxlanadi, koʻp holatda nervi olinadi — tish oziqlanishdan toʻxtab moʻrtlashadi. Koʻprik tagida boʻshliq hosil boʻlib, ovqat toʻplanadi, hid paydo boʻladi va tayanch tishlar chiriydi. Bitta tishni toʻldiraman deb ikkitasini yoʻqotasiz.

Uch yechim · solishtirma

Tishsizlikni davolashning uchta yoʻli bor. Faqat bittasi qolgan tishlarga tegmaydi.

Yechim Xizmat muddati Qoʻshni tishlar Suyak Tayyor boʻlishi
Olib qoʻyiladigan protez 6 oy – 2 yil Klammerlar tayanch tishlarni yeydi Tez kichrayadi 7–14 kun
Koʻpriksimon protez 5 – 15 yil 2 ta sogʻlom tish charxlanadi Tagida boʻshliq hosil boʻladi 7–10 kun
Tish implantiTavsiya 30 – 40 yil Tegilmaydi Bosim suyak ichidan uzatiladi, saqlanadi 1 – 3 oy

Implant — tabiiy tish ildizi kabi suyakka joylashadigan, zanglamaydigan titan rezbali konstruksiya. Xizmat muddati gigiyena saqlangan va qoʻshimcha kasalliklar boʻlmagan holatda koʻrsatilgan.

Oferta

“Implant rejasi” konsultatsiyasi — 45 daqiqada taxminlar oʻrniga aniq raqamlar

Bu koʻrikdan oʻtish emas. Bu — ogʻiz boʻshligʻingizning toʻliq diagnostikasi va yozma davolash rejasi. Nima kiradi:

3D KLKT rentgen va suyak oʻlchoviImplant qoʻyiladigan sohada suyak balandligi, eni va qattiqlik turi aniqlanadi
150 000 soʻm
Intraoral fotoprotokolOgʻiz boʻshligʻi fotoapparatda suratga olinadi — oʻzgarishlarni keyin solishtirish uchun
80 000 soʻm
Yashirin muammolar auditiImplant sohasidan tashqari boshqa tishlaringizdagi muammolar ham aniqlanadi
120 000 soʻm
Implant turini tanlash4 ta tizim — ST, AnyOne, AnyRidge, Blue Diamond — ichidan aynan sizning suyagingizga mos keladigani
100 000 soʻm
Yozma davolash rejasiBosqichlar ketma-ketligi, har bosqich muddati va nima qilinishi — qogʻozda
200 000 soʻm
Aniq narx kalkulyatsiyasi“Taxminan” emas: implant + abatment + koronka — jami summa va toʻlov bosqichlari
70 000 soʻm
Dr Sherzod bilan 45 daqiqaOperatsiyani shaxsan bajaradigan shifokor bilan, assistent bilan emas
230 000 soʻm
Alohida olganda jami 950 000 soʻm
100 000 soʻm Va implantatsiya qilsangiz, bu summa umumiy hisobdan toʻliq ayiriladi — yaʼni konsultatsiya bepul boʻlib qoladi.
Joyni band qilish

Xavf bizning zimmamizda

Uchta kafolat — siz hech narsani xavf ostiga qoʻymaysiz

Kafolat 01

Foydasiz chiqsa — pul qaytariladi

Agar konsultatsiyadan soʻng qoʻlingizda yozma reja va aniq narx boʻlmasa, 100 000 soʻm soʻzsiz qaytariladi. Sabab soʻralmaydi.

Kafolat 02

Bajarilgan ishga 5 yil

Oʻrnatilgan implant va bajarilgan ishimizga 5 yillik kafolat beramiz. Kafolat shartlari shartnomada yozib beriladi.

Kafolat 03

Kerak boʻlmasa — aytamiz

Agar 3D rentgendan keyin sizga implant kerak emasligi yoki avval boshqa davolash zarurligi aniqlansa, buni toʻgʻridan-toʻgʻri aytamiz.

Texnik solishtirma

Implantlar bir xil emas. Farq yuzasida, rezbasida va bosimga chidamliligida.

Biz Germaniya standartidan oʻtgan Janubiy Koreyaning premium klass implantlaridan foydalanamiz. Brachasida titan tarkibi Grade 4, mustahkamligi sovuq bosim (holodnaya kovka) orqali oshirilgan. Qaysi birini tanlash — suyagingizning qattiqlik turiga bogʻliq, buni 3D rentgensiz aytib boʻlmaydi.

Tizim Yuza qoplamasi Bitish muddati Nima uchun Narx*
ST SLA 3 oy Bazaviy variant, shoshilinch holat boʻlmaganda $195
AnyOne Xpeed — kalsiy bilan toʻyintirilgan 2 – 2.5 oy Yaxshi narx/sifat muvozanati $295
AnyRidge Xpeed — uzun rezba 1.5 oy Rezba uzunroq — suyak bilan birikish yuzasi katta, chuqurroq joylashadi $395
Blue Diamond Xactive — kalsiyli va gidrofil 1 oy Qonni oʻziga shimadi; eng chidamlisi — oʻrtacha 265 kg bosimga chidaydi $550

* Narxga vrach xizmati kiradi. Implantatsiyani Dr Sherzod shaxsan va 2 ta assistent bajaradi. Koronka narxi alohida — siz tanlaydigan koronka turiga qarab oʻzgaradi. Bitish muddati suyak turiga qarab farq qiladi.

Bosqichlar · ketma-ketlik

Konsultatsiyadan tayyor tishgacha — toʻrt bosqich

01

Konsultatsiya va 3D oʻlchov

Suyak sohasi 3D rentgenda oʻlchanadi, qattiqlik turi aniqlanadi va 4 ta implant turidan qaysi biri mos kelishi ayti­ladi. Reja va narx shu yerda beriladi.

45 daqiqa
02

Implant va milk shakllantiruvchi — bitta kunda

Soha ogʻriqsizlantirilib implant oʻrnatiladi. Odatda milk shakllantiruvchi uchun 2 hafta kutiladi va milk qaytadan kesiladi — biz qoʻyadigan implantlar sifatliroq boʻlgani uchun bu bosqich birinchisi bilan bitta qilinadi.

1 kun
03

Bitish (osseointegratsiya)

Implant suyak bilan birikadi. Muddat implant turiga va suyagingiz tipiga bogʻliq — Blue Diamondda qattiq suyakda atigi 1 oy.

1 – 3 oy
04

Qolip, koronka va oʻrnatish

Qolip olinib laboratoriyaga yuboriladi. U yerda har bir bemorga individual ravishda zamonaviy 3D texnologiya asosida abatment va koronka tayyorlanadi, soʻng maxsus vint orqali implantga oʻrnatiladi.

5 – 10 kun

Amaliyotdan

Ogʻir holatlar ham yopiladi

6 implant

Yuqori jagʻda 3 ta tish qolgan

Chap tomonda Gaymor boʻshligʻi sohasida suyak balandligi ham kichraygan edi. Qolgan tishlar olinib, 6 ta AnyRidge parallel emas — har xil graduslarda qoʻyildi. Burchak ostida qoʻyilgan implantlarning bosimga chidamliligi parallelga nisbatan 2–3 baravar kuchli boʻladi.

44 yosh · multi-unit abatment
30 daqiqa

Yosh chegarasi yoʻq

Implantni 18 yoshdan katta barcha bemorlarga qoʻysa boʻladi. Yanvar oyida 75 yoshli bemorimizga 3 ta implantni 30 daqiqa ichida oʻrnatib berdik.

75 yosh · 3 implant
12 implant

Toʻliq tishsizlik — 3,5 soatda

Toʻliq tishsizlikda ham chaynov funksiyasi toʻliq tiklanadi: har bir jagʻga 6–8 ta implant oʻrnatilib, tepasiga 14–18 tagacha koronka kiygaziladi. Bemorga tanaffuslarni hisobga olmaganda 3,5 soat ichida 12 ta implant oʻrnatildi.

Toʻliq tishsizlik · vaqtinchalik koronka bilan

Koʻp beriladigan savollar

Odamlarni implantdan toʻxtatib turadigan narsalar

Implantatsiya ogʻriqlimi?
Implantatsiya paytida ogʻriq boʻlmaydi. Sababi: yoʻqotilgan tish oʻrnida vaqt oʻtgani sari nerv tolalari kamayadi va sezuvchanlik taxminan 70% pasayadi. Shu sababli kichik miqdordagi mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi ukol ham yetarli — narkoz qilishning hojati yoʻq. Operatsiyadan keyin, ukol kuchi ketganda 2–3 kun davomida yengil simillovchi ogʻriq boʻlishi mumkin, u oddiy ogʻriq qoldiruvchi tabletkadan oʻtib ketadi.
Qandli diabetim bor — implant qoʻydira olamanmi?
Koʻp holatlarda ha, lekin bu qandingiz qanchalik nazorat ostida ekaniga bogʻliq. Konsultatsiyada tahlillaringiz va suyak holatingiz koʻrib chiqiladi va sizga aniq javob beriladi. Agar hozir xavf yuqori boʻlsa, buni yashirmaymiz — avval nima qilish kerakligini aytamiz.
Yoshim katta, kech emasmi?
Yoʻq. Implantni 18 yoshdan katta barcha bemorlarga qoʻysa boʻladi, yuqori yosh chegarasi yoʻq. 75 yoshli bemorimizga 3 ta implant 30 daqiqada oʻrnatilgan. Muhimi — yosh emas, suyak holati va umumiy sogʻliq.
Nega konsultatsiya pullik?
Chunki bu koʻrik emas: 3D KLKT rentgen, fotoprotokol va yozma reja tayyorlash real vaqt va resurs talab qiladi. Pullik boʻlgani uchun bu joyga faqat jiddiy niyatdagi bemorlar yoziladi — va shu sababli har biriga toʻliq 45 daqiqa ajratamiz. Implantatsiya qilsangiz, 100 000 soʻm umumiy summadan ayiriladi.
Jami qancha turadi?
Implant narxi tanlangan tizimga qarab $195 dan $550 gacha, vrach xizmati bilan birga. Koronka narxi alohida hisoblanadi va siz tanlaydigan koronka turiga bogʻliq. Aniq jami summa — necha dona implant, qanday abatment va qanday koronka kerakligi 3D rentgendan keyin maʼlum boʻlgach aytiladi. Konsultatsiyada aynan shu raqam yozib beriladi.
Qancha vaqt ketadi?
Implant oʻrnatish — bitta kun. Keyin bitish uchun 1 oydan 3 oygacha kutiladi (implant turi va suyak tipiga qarab). Koronka laboratoriyada 5–10 kunda tayyorlanadi. Yaʼni koʻp holatda umumiy muddat 1,5–3,5 oy.
Protezim bor, lekin liqillayapti. Nima qilay?
Bu odatiy holat: protez tagida suyak va milk kichrayib borgani uchun protez ushlanmay qoladi. Har safar yangi protez yasash muammoni orqaga suradi, lekin toʻxtatmaydi. Konsultatsiyada suyagingizda hozir qancha resurs qolganini oʻlchaymiz va implant hali mumkinmi yoki avval suyak tiklash kerakmi — shuni aytamiz.

Yozilish

Konsultatsiyaga joy band qilish

Formani toʻldiring — administrator 15 daqiqa ichida qoʻngʻiroq qilib, sizga qulay kun va vaqtni tasdiqlaydi.

Konsultatsiyani Dr Sherzod shaxsan oʻtkazadi, shuning uchun oyiga 30 ta joy ajratilgan. Bu oy uchun 7 ta joy qoldi.
Telefon+998 90 000 00 00 Telegram@implantcenter
ManzilToshkent sh., [koʻcha, uy] — moʻljal: [moʻljal]
Ish vaqtiDu–Sha 09:00–19:00

Yuborish orqali siz qoʻngʻiroqqa rozilik bildirasiz. Maʼlumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Implant Center · Toshkent · Dr Sherzod Litsenziya [raqam] · Maslahat tibbiy koʻrikni almashtirmaydi